Gulim

Gulim mehr ko'zda degani yolg’on,
Mening dilimda xech o'chmas yolqinsiz.
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsang shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman men bir devona,
Ayting Sizdan bo'lak kimim bor yana?...
Siz yo'q chog’imdagi dunyom begona,
Siz yo'q bog’imdagi gullar yoqimsiz.

Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha orzusi oydan oydin кiz,
Siz o'sha kulgusi кo'ng’irog’imsiz.

Siz o'sha ko'zimning kaftida turgan,
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan,
To'kilay deb tilim uchida turgan,
She'rimsiz bir umr bitgan ohimsiz. 


Рецензии